Burch – qarzdan majburiyatga
Burch soʻzi tilimizda faol. Uni ado etilishi, bajarilishi majburiy boʻlgan vazifa, majburiyat maʼnosida qoʻllaymiz. Burchning ildizi soʻgʻdcha purch – qarzga olingan yoki berilgan narsa soʻziga borib taqaladi. U XIV asrga oid “At-tuhfa” qipchoq tili lugʻatida bursh shaklida keltirilgan va qarz deb izohlangan.
Bu soʻz turk, uygʻur, tatar, qozoq, boshqird, kurd kabi tillarga turli tovush oʻzgarishlari bilan oʻzlashgan. Koʻp tillarda u asliyatdagi qarz maʼnosini saqlab qolgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.