“Tolstovka”ning oʻzbekchasi nima?

“Tolstovka”ning oʻzbekchasi nima?

Hech bir til boshqa bir tildagi har qanday soʻzni toʻliq ifoda eta olmaydi. Bunday vaziyatlarda yo unga ot qoʻyadi, yo chet tilidagi soʻzni oʻzlashtiradi. Tolstovka soʻzining oʻzbekcha muqobili yoʻq, shu sababli u oʻzlashtirilgan. Uni belbogʻli, uzun va keng erkakcha koʻylak  deb taʼriflash mumkin, lekin bunday atab boʻlmaydi. Bu yaktak soʻzini ruslar letniy lyogkiy xalat bez podkladki deb taʼriflaganiga oʻxshaydi. Taʼrif boshqa, nom boshqa.

Tolstovka soʻzining kelib chiqishini ulugʻ yozuvchi Lev Tolstoy bilan bogʻlashadi. U koʻpincha dehqonlar bilan birga ishlar va mehnat qilishga xalal bermasligi uchun keng koʻylak kiyardi. Ana shu fasondagi koʻylaklarni tolstovka deb atash ommalashgan. Baʼzi mualliflar bu atama rus tilida 1915-yillarda paydo boʻlganini, oʻsha paytlarda u Tolstoyga nisbat berilmaganini taʼkidlaydi.

Ruscha soʻzlashuvda tolstovka soʻzi uzun yengli, erkin bichimli sport kiyimlariga nisbatan ishlatiladi. Inglizcha hoodie atamasiga mos tushadi. Biroq tolstovkada kapyushon boʻlmasligi ham mumkin. Hozir atamaning ayni shu maʼnosi isteʼmolda, belbogʻli keng koʻylak maʼnosi ishlatilmay qoʻygan. Chunki bunday koʻylaklar 1930-yillardan keyin urfdan qolgan.

Oʻzbekchada hudiga ham ot qoʻyilmagan, oʻzlashma varianti ishlatilyapti.

 

Telegram | YouTube

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.