Naq va naqd

Naq va naqd

Bu ikki soʻz bir oʻzakdan, toʻgʻrirogʻi, naq soʻzi naqdning talaffuzda oʻzgargan shakli. Biroq ular boshqa-boshqa maʼnolarni ifodalaydi.

 

Naq soʻzi oʻzbek tilida 5 xil maʼnoga ega:

1️⃣ Aytilganning, koʻzda tutilganning oʻzginasi; xuddi, ayni: gapning naq onasini aytdingiz-qoʻydingiz.

2️⃣ Qoq, ayni, xuddi: naq yarim kechada, naq shu paytda.

3️⃣ Oz boʻlmasa; deyarli: naq yiqila yozdim.

4️⃣ Rosa, obdan: naq terga tushirib yubordi.

5️⃣ Boʻlmasa, aks holda: aravakash bola, otingni tort, naq tezagini doʻppingga solib beraman!

 

Naqd soʻzi esa uch xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Pulini darhol toʻlash sharti bilan boʻlgan yoki boʻladigan savdo muomalasi: naqdga olish, naqdga sotish.

2️⃣ Qoʻlda, ixtiyorda bor, foydalanish yoki muomalaga kiritish uchun tayyor: naqd pul, arava naqd, naqd mablagʻ.

3️⃣ Aniq, hal boʻlgan, tayyor: oʻqishga kirishi naqdga oʻxshaydi.

 

📌 Demak:

Naq yiqilay dedim, naq yarim tunda, faqat naqdga sotaman, naqd pul ✅

Naqd yiqilay dedim, naqd yarim tunda, faqat naqqa sotaman, naq pul ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube