Necha, nechi va nechchi

Oddiy yozishmalarda ham, hatto mutaxassislar yozgan matnlarda ham necha soʻzini nechi yoki nechchi shaklida xato yozish koʻp uchraydi.
❗️ Nechi ham, nechchi ham talaffuzga xos holat, adabiy tilda umuman ishlatilmaydi. Soʻzning yagona toʻgʻri shakli: necha.
Necha soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:
1️⃣ Son-miqdor haqida soʻroqni bildiradi; qancha?
Kostyum necha soʻm turadi? Soat necha boʻldi? Zavodda necha yil ishladingiz? Bir necha odam. Bir necha vaqt. Fargʻonaga necha marta borgansiz? Men buni senga necha marta aytdim!
2️⃣ His-hayajonni bildiruvchi gaplarda miqdorning son-sanoqsizligini, koʻpligini bildiradi.
Poyezd necha soat yoʻl yurgandan keyin ana shu bekatchalarning biriga kelib toʻxtadi.
A. Qahhor, “Asarlar”.
📌 Demak:
Necha ✅
Nechi, nechchi ❌

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.