Nega jimsan…

Nega jimsan…

Rasul Hamzatov

 

***

“Nega jimsan, tashlab ketilgan ey uy,

Meni taniyolmay turdingmi bir oz?

Otamning qoʻllari obod qilgan joy,

Nega uchirmangga chiqmaysan peshvoz?”

 

Toshlar soʻyladilar: “Bu qandayin gap,

Buning nimasidan boʻlaylik shodon?

Axir, ota uyga bir kunga kelib,

Mehmon kabi tezda ketsang, ey oʻgʻlon!”

 

Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi

 

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube