Noshukurlik

Noshukurlik
Vasiliy Suxomlinskiy

Vasiliy Suxomlinskiy

 

Andrey bobo nevarasi Matveyni mehmonga chaqirdi. Dasturxonga katta kosada asal va non qoʻyib, nevarasiga manzirat qildi:

– YE, bolam, asaldan ol. Xohlasang qoshiqlab, xohlasang non bilan tushir. Olaver.

Matvey dastlab asalni nonga bulab yedi, keyin nonga asal surtib uraverdi. Oxiri nafas ololmay qoldi. Terlarini artib, tin oldi va soʻradi:

– Bobo, bu joʻka asalimi yo marjumak asalimi?

– Nima deding? – hayron boʻlib soʻradi bobo. – Marjumak asali-da, bolam.

– Baribir joʻka asali shirinroq boʻladi-da, – dedi Matvey va esnadi: toʻyib ovqatlanganidan uning uyqusi kelardi.

Andrey boboning yuragini qandaydir ogʻriq gʻijimladi. U jim qotdi. Nevara boʻlsa soʻrashda davom etdi:

– Nonning uni bahorgi bugʻdoynikimi yo kuzginikimi?

Andrey boboning rangida rang qolmadi. Qalbida qattiq ogʻriq tuydi. Nafas olishi qiyinlashdi. Koʻzlarini yumib, ingrab yubordi.

 

Orif Tolib tarjimasi

Asliyatda oʻqish

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube