Obakidandon nima?

Obakidandon nima?

Leonid Gaydayning “Ishbilarmon kishilar” filmidagi jumla yodingizda boʻlsa kerak-a: “Hey, bola, obakidandondan yeb, bizning aravada aylanib kelishni xohlamaysanmi?”

Xoʻsh, bu jumladagi obakidandon nimani anglatadi? Izohli lugʻatga koʻra, forscha obaki – suyuq, suvli va dandon – tish soʻzlaridan yasalgan bu soʻz oʻzbekchada shakar qiyomidan tayyorlangan shirinlik turini anglatadi:

 

Pensiyaga borsa, bir qarich keladigan qizil obakidandon, bir doʻppi olib keladi.

A. Muxtor, “Opa-singillar”.

 

Masalan, shakarni qaynatib, qiyom qilasiz, keyin unga limon kislotasi aralashtirasiz, keyin choʻp terib, ularning uch qismiga qiyomdan quyasiz. 10–15 daqiqadan soʻng, qiyom sovib, obakidandon hosil boʻladi. Hammamiz yaxshi biladigan xoʻrozqand ham obakidandonning bir turi.

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube