Ohanrabo

Ohanrabo

Ohanrabo forscha ohantemir va rabo – tortuvchi, oʻgʻirlovchi soʻzlaridan. Magnit maʼnosini anglatadi, lekin uni bu maʼnoda qoʻllash eskirgan:

 

Kishilik tarixi davomida ohanrabo va keyinchalik elektron kvars soatlar yaratildi.

Gazetadan.

 

Hozirgi oʻzbek adabiy tilida asosan koʻchma maʼnosi ishlatiladi. Bu holatda ohanrabo oʻziga tortuvchi, oʻziga jalb etuvchi, maftun etuvchi; fusunkor maʼnolarini anglatadi:

 

Ohanrabo kuy.

 

Uzoq ketdim, baxt keltiray deb senga,

Ohanrabo muhabbating bor uchun.

T. Toʻla.

 

Yaqin-atrofdan eshitilayotgan ohanrabo kuylar kishini maftun etadi.

“Saodat”.

 

❗️ Bu soʻz koʻpincha ohangrabo tarzida xato yoziladi. Ohangrabo – ohangni tortuvchi degani, mantiqli mazmunga ega emas.

 

? Demak,

Ohanrabo ✅

Ohangrabo ❌

 

Izohli lugʻat asosida tayyorlandi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube