“Oppoq telpak kiyar-u, ammo…”
Rasul Hamzatov
***
Oppoq telpak kiyar-u, ammo
Baʼzilarning kallasi – qovoq.
Ayrimlarning qilichi tillo,
Lek oʻzlari – oʻlguday qoʻrqoq.
Kimlarningdir choʻntagi zoʻr-u,
Boʻm-boʻsh erur biroq hayoti.
Baʼzilarning soʻzlari bor-u,
Maʼnosizdir ammo bayoti.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.