Oʻqlogʻi, oʻqloq, oʻqlov

Oʻqlogʻi, oʻqloq, oʻqlov

Oʻqlogʻi soʻzi oshxamir yoyish uchun ishlatiladigan uzun silliq tayoqchani anglatadi:

 

Men bu boqqa faqat bir kinnachi sifatida kirgan edimki, buzoq yoʻqotgan egachim oʻqlogʻi koʻtarib qarshiladi.

A. Qodiriy, “Kichik asarlar”.

 

Bu soʻzning oʻqloq va oʻqlov shakllari ham bor:

 

Ovozi xastalangan, oriqlab, qoʻl tomirlari oʻqloqday irgʻigan edi.

H. Nazir, “Suv gadosi – oqpadar”.

 

– Oyim qoʻlidagi xamir yoyib oʻtirgan oʻqlov bilan boshimga astagina urdi, – dedi Shum bola.

Gʻ. Gʻulom, “Shum bola”.

 

📌 Demak:

Oʻqlogʻi, oʻqloq, oʻqlov ✅

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube