Oʻzlashma soʻzlar: imij

Oʻzlashma soʻzlar: imij

Imij soʻzi izohli lugʻatga kiritilmagan. Milliy ensiklopediyada ham alohida izohlanmagan, lekin undagi maqolalar ichida uchraydi.

Imij inglizcha image soʻzidan, asliyatda tasvir, surat, ifodalash kabi maʼnolarni anglatadi. U shaxs yoki jamiyat ongida biror shaxs, tashkilot yoki davlat haqida shakllantirilgan timsoldir. Imij piar, targʻibot, reklama kabilar vositasida hosil qilinadi. U shaxs yoki tashkilotning haqiqiy xususiyat va jihatlariga mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin.

Imij davlatlar, yirik xalqaro tashkilotlarda ham boʻladi. Biror nojoʻya harakat yoki soʻz ijobiy imijni yoʻqqa chiqarishi hech gap emas.

Bu soʻzni oʻzbekchada qiyofa deyish mumkin.

❗️ Imij koʻp oʻrinlarda ruscha imloga taqlidan imidj koʻrinishida xato yoziladi. Oʻzbekchada imij deb yozish kerak. Bizning imloda joʻra, jasur, joy kabi soʻzlardagi qorishiq undosh j harfi bilan ifodalanadi, dj bilan emas.

 

📌  Demak:

Imij

Imidj ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube