Oʻzlashma soʻzlar: kraudfanding

Oʻzlashma soʻzlar: kraudfanding

Kraudfanding inglizcha srowd funding soʻzidan, srowd – “omma”, funding – “moliyalashtirish”. Bir nechta kishi oʻz mablagʻi yoki boshqa vositalarini boshqa kishilar, loyihalar yoki tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash uchun ixtiyoriy jamlashini anglatadi. Mablagʻ koʻpincha internet orqali yigʻiladi.

Mablagʻ va vositalar turli maqsadlarda toʻplanishi mumkin. Tabiiy ofatlardan jabr chekkanlarga yordam berish, muxlislar qoʻllab-quvvatlovi, siyosiy partiyalarni qoʻllab-quvvatlash, ishni yangi boshlagan firmalar va kichik korxonalarni moliyalashtirish, bepul dasturlarni yaratish, birgalikda sarmoya kiritishdan foyda olish kabilar shular jumlasidan.

Jamoviy moliyalashtirishni olgan loyiha odatda startap, bu loyihaga moliyaviy koʻmak izlovchi kishi esa faunder deyiladi. Sarmoya kirituvchi kishilar inglizchada beker deb ataladi.

Oʻzbek tilida kraudfandingni jamoaviy moliyalashtirish yoki hashar qoʻllov deyish mumkin. Faunderni tashkilotchi yo targʻibotchi, bekerni sarmoyachi yoki qoʻllovchi desa boʻladi.

Startap-chi? Yo uni faqat oʻzlashma shaklida qabul qilgan yaxshimi?

 

Fikringizni izohlarda qoldiring.

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube