“Pishang bermoq” nima degani?

“Pishang bermoq” nima degani?

Bu ibora qulogʻimizga bot-bot eshitilib turadi. Ibora tarkibidagi pishang soʻzi richag degan maʼnoni bildiradi. Lekin soʻzni bu maʼnoda ishlatish hozir eskirgan. Richag biror tayanch nuqtasiga ega boʻlgan va oz kuch bilan katta kuchni muvozanatga keltiradigan oddiy qurilmadir.

Pishang bermoq iborasi biror xatti-harakatga undamoq; ataylab gijgijlamoq degan maʼnoni anglatadi:

 

Balki, Raim oqsoqolning oʻzi Shukur bazzozga pishang
bergandir
.

M. M. Doʻst, “Galatepaga qaytish”.

 

Mamat qassob odatda mushtlashuvga aralashmaydi, bir chetda oʻgʻillariga pishang berib turadi. “Yoshlik”.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube