Pijama va yaktak-ishton

Pijama va yaktak-ishton

Pijama asli forschadan. Poy va joma soʻzlaridan, oyoq uchun kiyim degan maʼnoni anglatadi. Yevropa tillariga hind tilidan oʻtgan. Rus tiliga esa nemis tilidan kirgan.

Dastlab yengil va keng, belda bogʻich bilan tutib turiluvchi ishtonlar shunday atalgan. Poyjoma turkiy xalqlarda ishton – ichtoʻn deb nomlangan.

Pijama Yevropaga XIX asr oxirlarida Hindistondan olib borilgan. Biroq u bu yerda XX asr boshlaridagina shuhrat qozongan. Pijama XX asrning 20-yillarida ayollar garderobiga ham kiritiladi, ammo oʻn besh yillardan soʻnggina ommalashadi.

Hozir pijama asosan uyqu kiyimi sifatida ishlatiladi.

“Shum bola” filmini eslang. Oldinlari issiq kunlarda erkaklar pijamaga juda oʻxshash kiyim – yaktak-ishton kiygan. Bu libos hozir ham nuroniylar orasida urfda.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.