Rol va rul
Talaffuzi yaqinligidan bu ikki soʻz baʼzida chalkashtirib ham qoʻllanadi. Aytilishi oʻxshash boʻlgani bilan, maʼnosi boshqa-boshqa.
(Men oʻzi belgisini ishlatmayman. Bu belgi oʻzbek tili uchun mutlaqo ortiqcha. Koʻpchilikka oson boʻlishi uchun bu postda qoldirdim.
Pyesa, batalyon, bulyon, Ronaldinyo kabi soʻzlarni ham kirilchada pyesa, batalyon, bulyon, Ronaldinyo kabi bergan yaxshiroq. Tushunishga ham qulayroq boʻladi. Lotin alifbosida bu belgidan voz kechildi, shuncha yil ichida unga ehtiyoj ham sezilmadi.)
Rol soʻzi uch xil maʼnoga ega:
1️⃣ Yozuvchi pyesa yoki ssenariyda yaratgan obraz va shunga muvofiq aktyor sahnada, ekranda ijro etgan badiiy obraz: rol ijro etish, bosh rol.
2️⃣ Aktyorning butun pyesa, ssenariy davomidagi nutqi: rolini talqin etmoq.
3️⃣ Koʻchma maʼnoda: kimsaning taʼsir koʻlami, biror narsada ishtirok darajasi, tutgan oʻrni; mavqei: tarixda shaxsning roli, yetakchi rol oʻynaydi.
Men katta rol oʻynaydi, muhim rol bajaradi kabi iboralarni qoʻllamaslikka, matnda boʻlsa tahrirlashga, oʻzbekcharoq variat ishlatishga harakat qilaman. Bu soʻz ruscha igrat rol iborasining kalka tarjimasidir. Uning oʻrniga katta ahamiyatga ega, katta taʼsir koʻrsatdi kabi iboralarni ishlatish yaxshiroq.
Rul soʻzi esa kema, avtomobil, samolyot va shu kabilarning harakat yoʻnalishini boshqarish mexanizmini anglatadi: traktor ruli, rul chambaragi.
📌 Demak:
Mashina ruli, rol ijro etish ✅
Mashina roli, rul ijro etish ❌
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.