Samoviy kitoblar nomi qanday yoziladi?
Dunyo dinlarining kitoblari, jumladan, samoviy kitoblar nomi bosh harflarda va qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Qurʼoni karim, Injil, Tavrot, Zabur.
Odatda kitoblar nomi qoʻshtirnoqqa olinadi. Lekin bu yerda qoʻshtirnoq kerak emas. Nega? Bu bir mantiqqa asoslanadi: samoviy kitoblar yagona, ayni shu nomdagi boshqa kitoblar yoʻqligi uchun ularning nomini qoʻshtirnoqqa olish kerak emas.
Qurʼoni karim juz (pora)lari va suralari nomi ham odatda bosh harfda, qoʻshtirnoqlarsiz beriladi: Amma porasi, Fotiha surasi, Ixlos surasi.