Saʼy-harakat: saʼy nima?

Saʼy-harakat: saʼy nima?

Bu juft soʻzni tez-tez ishlatib turamiz. Uning tarkibidagi saʼy soʻzi nimani anglatadi?

Saʼy soʻzi arab tilidan olingan, asliyatda haj ziyorati chogʻida Safo va Marva tepaliklari oʻrtasida yurish; intilish, ishtiyoq; urinish, harakat; hafsala kabi maʼnolarni bildiradi.

Oʻzbek tilida saʼy soʻzini harakat maʼnosida qoʻllash hozir eskirgan.

 

Saʼy etmoq (yoki qilmoq) iborasi astoydil harakat qilmoq; tirishmoq maʼnolarida qoʻllanadi:

 

Ahmad koʻp yomon ishlarni saʼy etib, oxiri sabr kosamizni toʻldirdi.

Mirmuhsin, Meʼmor.

 

Saʼy qilmoq iborasi hajdagi amalni bajarish maʼnosida ham ishlatiladi:

 

Tavofdan keyin saʼy qilish vojib.

 

Saʼy-harakat juft soʻzi tarkibida saʼyning harakat maʼnosi bor, lekin birikma tarkibida, bir butun holatdagina shunday maʼno kasb etadi. Ushbu  juft soʻz astoydil harakat; urinish mazmuniga ega:

 

Boshda bunday saʼy-harakatlar Avazga tabiiydek tuyuldi.

S. Siyoyev, Yorugʻlik.

 

📌  Demak:

Saʼy-harakat

Say-harakat, sayʼ-harakat, saʼyi harakat ❌

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube