“Sazan”ning oʻzbekchasi nima?

“Sazan”ning oʻzbekchasi nima?

Barchamizga tanish bu baliq turi rus tilida ham sazan deb ataladi. Buni bilgan odam sazan asli ruscha boʻlsa kerak degan oʻyga borishi mumkin. Ammo unday emas. Sazan – toza turkiycha soʻz. Rus tiliga turkiy tillardan oʻzlashgan.

Sazanning oʻzbekchada yana bir maʼnodoshi bor – zogʻora baliq. Bu nom uning tashqi qiyofasiga nisbatan berilgan. Zogʻora – makkajoʻxori unidan yopilgan non. Sazanning tangachalari zogʻora nonni eslatadi.

Demak, sazan ham, zogʻora baliq ham oʻzimizning qorakoʻz soʻzlardan. ✅

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube