Son va raqam

Son va raqam

Son va raqam ogʻzaki tilda tez-tez maʼnodosh sifatida qoʻllanadi. Lekin matematik nuqtai nazardan ularning farqi bor.

Son narsalarning qanchaligini, sanogʻini, adadini hisoblash uchun xizmat qiladigan vosita; matematik tushunchadir. Masalan, butun sonlar, kasr sonlar.

Raqam esa sonni ifodalovchi grafik belgidir.

Agar bevosita matematika sohasiga oid boʻlmasa, baʼzi holatlarda son va raqamni bir-birining oʻrnida qoʻllash mumkin:

 

Bir soni. Yigirma besh soni.

Bir raqami. Yigirma besh raqami.

 

Yuqoridagi misolda toʻgʻrirogʻi – raqam soʻzini qoʻllash. Lekin son soʻzini qoʻllash ham xato emas. Son soʻzlashuv tilida raqam maʼnosida ham ishlatiladi.

 

Almashlash har doim ham oʻrinli boʻlavermaydi. Masalan:

 

Yoʻqlab kelayotganlarning soni yoʻq. ✅

Yoʻqlab kelayotganlarning raqami yoʻq. ❌

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube