“Soʻqqabosh”: soʻqqa nima degani?
Soʻqqa soʻzi mustaqil qoʻllanishi ham mumkinligini unutib yuborgan ekanman. Izohli lugʻat esga soldi:
– Oʻzing soʻqqa joningni boqolmaysan-u, toʻqlini qanday qilib boqasan, – dedi Shum bola Omonga.
Gʻ. Gʻulom, “Shum bola”.
Mazmundan anglagan boʻlsangiz kerak, soʻqqa soʻzi hech kimi yoʻq, yolgʻiz, yakka maʼnosida kelyapti.
Shu oʻzakdan yasalgan soʻqqabosh soʻzi ikki xil maʼnoga ega:
1️⃣ Hech kimi yoʻq, yolgʻiz.
Dunyoda yakkayu yagona, soʻqqabosh odam.
S. Ahmad, “Jimjitlik”.
2️⃣ Uylanmagan, bola-chaqa qilmagan; boʻydoq, yolgʻiz.
– Bibi Robiya, – dedi u [Yaxshiboyev] – soʻqqabosh oʻtib ketyapsan.
M. M. Doʻst, “Lolazor”.