Sunbula
Sunbula arab tilidan kirgan, asliyatda boshoq va burj nomini anglatadi. Oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:
1️⃣ Oʻn ikki burjning biri, yulduz turkumi. Asad va Mezon burjlari oʻrtasida joylashgan.
2️⃣ Shamsiya yil hisobida oltinchi oyning nomi. 22-avgust – 21-sentyabry davriga toʻgʻri keladi:
Sunbulada suv soviydi.
Maqol.
Sunbula soʻzi soʻzlashuv tilida sumbula tarzida ham ishlatiladi. Bu shakl lugʻatlarga kirgan.
📌 Demak:
Sunbula, sumbula ✅