Takror taqlid soʻzlar va ulardan yasalgan soʻzlar imlosi

Takror taqlid soʻzlar va ulardan yasalgan soʻzlar imlosi

Taqlid soʻzlar hayvonlar va boshqa jonli, jonsiz narsalarning tovushini, harakat-holatini taqlidan ifodalovchi soʻzlardir. Tovushga taqlid soʻzlar ifodalagan tovushni faqat eshitish mumkin: qars-qurs, taq, duk-duk, gʻiyq, miyov kabi. Obrazga taqlid soʻzlar ifodalagan holat, harakatni faqat koʻrish mumkin: jivir-jivir, lip-lip, yalt-yult, hang-mang kabi.

❗️ Taqlid soʻzlar qoʻshtirnoqqa olinmaydi:

Gurs etgan tovush eshitildi. Koʻz oldida nimadir yalt-yult etib ketdi.

“Gurs” etgan tovush eshitildi. Koʻz oldida nimadir “yalt-yult” etib ketdi.

 

Taqlid soʻzlar koʻpincha takror shaklda qoʻllanadi. Bunday paytlarda ular chiziqcha bilan yoziladi: pir-pir, biz-biz, taq-taq, lip-lip kabi.

❗️ Agar ana shunday takror taqlid soʻzlarga qoʻshimcha qoʻshib, ot yoki feʼl yasalsa, bunday soʻzlar qoʻshib yoziladi: pirpirak (pir-pir+ak), bizbizak (biz-biz+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.

 

📌  Demak:

Qars etgan tovush eshitildi, koʻz oldidan lip-lip oʻtdi, pirpirak, hayhaylamoq

“Qars” etgan tovush eshitildi, koʻz oldidan “lip-lip” oʻtdi, pir-pirak, hay-haylamoq ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.