“Uzzukun” nima degani?

“Uzzukun” nima degani?

Asosan badiiy asarlarda koʻzga tashlanadigan bu soʻz kuni bilan, kun boʻyi degan maʼnoni anglatadi:

 

Qoʻylar uzzukun oʻtlab toʻymagandek, yerdan bosh koʻtarmaydi, qoʻra tomon jilgisi kelmasdi.

N. Fozilov, “Diydor”.

 

Qorning ham ochiqqandir uzzukun yurib, hozir ovqatingni isitib beraman.

S. Karomatov, “Soʻnggi barxan”.

 

U uzzukun shahar koʻchalarida daydib yurdi.

“Sharq yulduzi”.

 

Morfem lugʻatiga koʻra, bu soʻz aslida uzun kun soʻzlaridan hosil boʻlgan. Undosh takrorlanishi bilan uzoqlik maʼnosi kuchaytirilgan: uzu : n kun => uzzu : n kun  =>  uzzu : kun.

 

📌 Demak:

Uzzukun

Uzzu kun, uzzu-kun ❌

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.