Talatoʻp

Talatoʻp

Ur-yiqit, sur-sur va shu kabi besaranjom, notinch holat; toʻs-toʻpolon.

 

Oʻn ming uyli Qoʻnirot talatoʻp boʻlib, Kashal eliga, Qalmoq yurtiga… koʻcha boshladi.

“Alpomish”.

 

Sodiqjon boyvachchaning hovlisi birpasda talatoʻp boʻlib qoldi. Zubayda yerda yotardi…

K. Yashin, Hamza.

 

Bu soʻz katta ehtimol bilan tala va toʻp soʻzlaridan hosil boʻlgan. Koʻpchilikning biror narsani talashishi yoki talashi maʼnosida. Chunki tala soʻzidan yasalgan va mazmuni shunga yaqin tala-tala, tala-toʻpolon kabi soʻzlar ham bor.

 

📌  Demak:

Talatoʻp

Talotoʻp ❌

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube