Alaloqibat
Arabchadan oʻtgan bu soʻz asliyatda ham, oʻzbek tilida ham oqibatda, oxir-oqibat maʼnosini anglatadi:
Ularning qolipga sigʻmaydigan bu qilmishlari alaloqibat oʻzlarini qora kursiga yetaklab keldi.
Gazetadan.
Alal qatnashgan soʻzlar oʻzbek tilida yana uchraydi, ularda ham bu qism soʻzga qoʻshilib yoziladi: alalabad, alalxusus.
📌 Demak:
Alal-oqibat ❌
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.