Taʼlim berish – umid urugʻini ekish demakdir

Taʼlim berish – umid urugʻini ekish demakdir

Lui Aragon hikmatlaridan

 

  • Agar koʻksimni tilsangiz, u yerdan Parijni topasiz.
  • Adabiyot mamlakat uchun juda muhimdir, mohiyatiga koʻra, uning yuzi deyish mumkin.
  • Ajoyib kechalarning birida kelajak oʻtmish deb nom oladi. Bu payt ortingga qaraysan-da, olislayotgan yoshligingni koʻrasan.
  • Baʼzida gʻolib boʻlish uchun chekinishga, qoʻlga kiritganingdan voz kechishga toʻgʻri keladi.
  • Biz koʻpincha yoʻq joydan muammolar oʻylab topamiz.
  • Davrimizning ziynati yorqin shoirlardir. Angliyada – Kipling, Fransiyada Apolliner va Elyuar, Germaniyada Rilke, Rossiyada – Mayakovskiy va Yesenin, Armanistonda – Charens va Isaakyan. Bu mayoqlar bir-bir soʻnganda goʻyo dunyo zulmatga choʻmganday boʻldi.
  • Dunyo yolgʻonchi guvohlarga toʻla.
  • Yoshlar orzu qiladi. Qarilar eslaydi.
  • Quyosh hamisha ishqibozlarining koʻzini qamashtirgan.
  • Men bu kitobni ikkita bir-biriga oʻxshamaydigan davrni qiyoslab boʻlmasligini koʻrsatish uchun yozdim. Oʻtmishni bugungi kundan kelib chiqib muhokama qilish yoki izohlashdan koʻra johilona ish yoʻq.
  • Odam nimadan hayratlansa, oʻshani koʻngliga yaqin oladi.
  • Odamlar koʻpincha oʻzlarining vaqtinchalik baxtsizliklarini dunyodagi eng muhim narsa deb hisoblaydilar.
  • Optimizm buyuk kishilarning ziynatidir.
  • Rashk bu – jon joyingga toʻxtov bilmay sanchilayotgan ignadir.
  • Tanqid muddatsiz surgundir.
  • Taʼlim berish – umid urugʻini ekish demakdir.
  • Toʻgʻrilik koʻpincha muhokama qilinmaydi.
  • Faqat mehnatgina insonning qiyofasini oʻzgartira oladi.
  • Hayotda hech bir narsa biz tasavvur qilgandek boʻlmaydi.

 

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 10-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.