Tatbiq va tadqiq
Shu soʻzlarni yozishda tez-tez xatoga yoʻl qoʻyiladi.
Tatbiq arabchadan olingan, oʻzbek tilida amalda ishlatish, qoʻllash maʼnosini bildiradi:
Bu usulning tatbiqi mumkinligiga va gʻoyat foydaliligiga mutaxassislar iqror edilar.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
Tatbiq qilmoq (yoki etmoq) birikmasi ishlatmoq, qoʻllamoq, ishga solmoq maʼnolarini anglatadi:
Yangi texnologiyalar ilm-fanga tatbiq etilyapti.
Tadqiq soʻzi ham arab tilidan kirgan, oʻzbekchada chuqur, sinchiklab oʻrganish maʼnosida ishlatiladi:
Mustaqillik davri adabiyoti tadqiqi. Tabiat hodisalari tadqiqi.
Tadqiq qilmoq (yoki etmoq) birikmasi ilmiy asosda, sinchiklab, chuqur tekshirmoq, oʻrganmoq maʼnosiga ega:
…Xullas, bu joylarni tadqiq etib, aniq bir fikrga kelish kerak.
S. Karomatov, Oltin qum.
📌 Demak,
Tatbiq, tatbiqi, tatbiq qilmoq; tadqiq, tadqiqi, tadqiq qilmoq ✅
Tadbiq, tadbiqi, tadbiq qilmoq; tatqiq, tatqiqi, tatqiq qilmoq ❌
Orif Tolib