Teng-tush va tengu tush
Ikkala birikma ham yosh jihatdan teng, tenqur(lar) maʼnosida ishlatiladi:
Qani endi u … teng-tushlaridan avval maqsadga erishsa.
I. Rahim, Ixlos.
Menga motam tutib, qora bogʻlamang,
Tengu tushim nozik bagʻrin dogʻlamang.
Hamza.
Qoyil boʻldim mard yigitning ishiga,
Omon-eson borsin tengu tushiga.
“Murodxon”.
📌 Demak,
Teng-tush, tengu tush ✅
Teng-toʻsh, tengu toʻsh ❌
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.