Toʻy
Orzu-havas chinga aylandi bugun,
Bir qizning hovlisi bugun toʻyxona.
Tinmay jilmayadi mehmon koʻngli-chun
Baxtiyor ota va baxtiyor ona.
Surnay nola qilar, dutor sayraydi,
Kuy-qoʻshiq olamni koʻtarar boshga.
Bugun hamma xursand, hamma yayraydi
Toʻyi boʻlayotgan shu qizdan boshqa.
Orif Tolib
2011