“U ham boʻlsa” – boʻlmay qoʻya qolsin
Baʼzan jumlalarni bogʻlash uchun u ham boʻlsa birikmasi ishlatiladi. Bu sunʼiy iboradan deyarli barcha holatlarda voz kechish mumkin:
Bizning niyatimiz bitta, u ham boʻlsa bemorlarimizning tez fursatda tuzalishidir! ❌
Bizning niyatimiz bitta – bemorlarimizning tez fursatda tuzalishi! ✅
Pandemiyani toʻxtatishning yoʻli bitta – u ham boʻlsa emlash! ❌
Pandemiyani toʻxtatishning yoʻli bitta – emlash! ✅
Muvaffaqiyatli startap uchun faqat bitta mezon bor, u ham boʻlsa – oʻsish. ❌
Muvaffaqiyatli startap uchun faqat bitta mezon bor – oʻsish. ✅
Xullas, bu birikmaga duch kelganda sizdan kutiladigan bir ish bor, u ham boʻlsa – qisqartirish.