“U ham boʻlsa” – boʻlmay qoʻya qolsin

“U ham boʻlsa” – boʻlmay qoʻya qolsin

Baʼzan jumlalarni bogʻlash uchun u ham boʻlsa birikmasi ishlatiladi. Bu sunʼiy iboradan deyarli barcha holatlarda voz kechish mumkin:

 

Bizning niyatimiz bitta, u ham boʻlsa bemorlarimizning tez fursatda tuzalishidir!

Bizning niyatimiz bitta – bemorlarimizning tez fursatda tuzalishi!

 

Pandemiyani toʻxtatishning yoʻli bitta – u ham boʻlsa emlash!

Pandemiyani toʻxtatishning yoʻli bitta – emlash!

 

Muvaffaqiyatli startap uchun faqat bitta mezon bor, u ham boʻlsa – oʻsish.

Muvaffaqiyatli startap uchun faqat bitta mezon bor – oʻsish.

 

Xullas, bu birikmaga duch kelganda sizdan kutiladigan bir ish bor, u ham boʻlsa – qisqartirish.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.