“Hisoblanadi” koʻpincha ortiqcha hisoblanadi

“Hisoblanadi” koʻpincha ortiqcha hisoblanadi

Sarlavhadagi ikkinchi hisoblanadi soʻzi qisqartirilsa, nima oʻzgaradi? Mazmunga mutlaqo zaxa yetmaydi, jumla esa loʻndalashadi. Demak, u ortiqcha.

Menimcha, bunday ifoda ruscha yavlyaetsya soʻzini kalka tarjima qilish natijasida urf boʻlgan. Ot kesimli gaplarni hisoblanadi, sanaladi soʻzlari bilan tugatmagan afzal. Bu feʼllarni qisqartirish yoki -dir bogʻlamasiga almashtirish mumkin:

 

Pul sivilizatsiyamiz mavjudligining asosi hisoblanadi.

Pul sivilizatsiyamiz mavjudligining asosidir.

Pul sivilizatsiyamiz mavjudligining asosi.

 

Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish ustuvor vazifa sanaladi.

Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish ustuvor vazifadir.

Yoshlarning
ijtimoiy faolligini oshirish
ustuvor vazifa.

 

Bu soʻzni ishlatishning yanada sunʼiy shakli ham bor: boʻlib hisoblanadi. Bunaqa oʻsimtani olib tashlash esi joyida boʻlgan har bir insonning burchidir:

Shartnoma haq toʻlash uchun asos boʻlib hisoblanadi.

Shartnoma haq toʻlash uchun asosdir.

Shartnoma – haq toʻlash uchun asos.

 

Telegram | YouTube

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.