Uzilgan tor simlari misol…

Uzilgan tor simlari misol…

Uzilgan tor simlari misol

Shart burilib, ortga ketgaymiz.

Bari tamom, yoʻqdir ishq, visol,

Boshqa-boshqa yoʻlni tutgaymiz.

 

Bir hol sabab muzladi tuygʻu,

Bir hol sabab ishq topdi zavol:

Sen koʻplarga yoqasan va bu

Senga juda yoqadi, dildor.

 

Orif Tolib

 

2014

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.