“Uzzukun” nima degani?
Asosan badiiy asarlarda koʻzga tashlanadigan bu soʻz kuni bilan, kun boʻyi degan maʼnoni anglatadi:
Qoʻylar uzzukun oʻtlab toʻymagandek, yerdan bosh koʻtarmaydi, qoʻra tomon jilgisi kelmasdi.
N. Fozilov, “Diydor”.
Qorning ham ochiqqandir uzzukun yurib, hozir ovqatingni isitib beraman.
S. Karomatov, “Soʻnggi barxan”.
U uzzukun shahar koʻchalarida daydib yurdi.
“Sharq yulduzi”.
Morfem lugʻatiga koʻra, bu soʻz aslida uzun kun soʻzlaridan hosil boʻlgan. Undosh takrorlanishi bilan uzoqlik maʼnosi kuchaytirilgan: uzu : n kun => uzzu : n kun => uzzu : kun.
📌 Demak:
Uzzukun ✅
Uzzu kun, uzzu-kun ❌
Orif Tolib