“Xaos” nima degani?

“Xaos” nima degani?

Savol:

Afgʻonistondagi tartibsizliklar, ayniqsa aeroportdagi toʻpolonlarni xaos soʻzi bilan ifodalashyapti. Ushbi soʻzning maʼnosi haqida maʼlumot bersangiz.

 

Javob:

Xaos soʻzi izohli lugʻatga kiritilmabdi. Lekin milliy ensiklopediyada sharhlangan:

Xaos yunoncha chaostartibsizlik soʻzidan. Yunon mifologiyasida azaliy cheksiz fazoni bildiradi. Koʻchma maʼnoda esa boshdan-oyoq tartibsizlik, chigallikni anglatadi.

Hozir asosan koʻchma maʼnosida qoʻllanadi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube