“Mandat”ning maʼnosi nima?

“Mandat”ning maʼnosi nima?

Mandat oʻzbekcha soʻz boʻlib, mandan dod yoki man dodman degan maʼnoni anglatadi 😄. “Karate atamasi qarab tep degan soʻzdan olingan” deganga oʻxshash variant-da bu.

Davlat test markazining yorugʻlik tezligidagi harakati fonida bu soʻz abituriyentlar va ota-onalarning eng koʻp qaytargan iborasi boʻldi.

Magistrlikka nomzodlar esa haliyam koʻzlari toʻrt, quloqlari sakkiz boʻlib mandatni kutyapti.

Xullas, mandat soʻzi lotincha mandatum soʻzidan olingan, topshiriq degan maʼnoni anglatadi. Mandatum soʻzi  mandāre – qoʻliga bermoq, topshirmoq soʻziga, u esa manus – qoʻl, dare – bermoq oʻzagiga borib taqaladi.

Atama sifatida biror shaxsning vakolatini, muayyan faoliyat yoki narsaga huquqini tasdiqlovchi rasmiy hujjatni anglatadi:

 

Deputatlik mandati. Qoʻlga mandat bermoq.

 

Talabaning mandati esa oliy oʻquv yurtida oʻqish huquqini beruvchi hujjatdir. Imtihonda yigʻilgan ball oʻqishga kirishga yetishini tasdiqlash mandatdir.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.