Yondashmoqmi yoki yondoshmoq?

Yondashmoqmi yoki yondoshmoq?

Yondosh degan soʻz bor. Yonma-yon, bir-biriga bogʻliq, parallel kabi maʼnolarni anglatadi: yondosh qishloq, bir-biriga yondosh.

Yondashmoq esa yonma-yon kelmoq, yaqinlashmoq, maʼlum bir nuqtai nazardan qaramoq degani: yondashib oʻtirmoq, muammoga jiddiy yodashmoq.

Ikki soʻzdagi -dosh va -dash bugungi tilda farqli qoʻshimchalardir. Toʻgʻrirogʻi, yondashmoq feʼlidagi -dash qoʻshimchalik xususiyatiga ega emas. U yon bilan birga bir butun oʻzakni tashkil etadi: yondash. Yondosh esa yon soʻzi va -dosh qoʻshimchasidan tarkib topgan. Shu sababli ikki soʻz bir xilday, bitta oʻzakday tuyulsa-da, aslida unday emas.

Imlo lugʻatida yondoshmoq soʻzi berilmagan. Izohli lugʻatning oldingi nashrlarida yondoshmoq yondashmoqning koʻrinishi sifatida koʻrsatilgan edi. Olti jildda va lotin imlosida bosilgan yangi nashrida bu xato toʻgʻrilanibdi va soʻz yondashmoq shaklida berilibdi. Demak, feʼlning faqatgina yondashmoq varianti toʻgʻri:

 

Yaxshiga yondash, yomondan qoch.

Maqol.

 

Abdulla Qahhor adabiyotimizning dolzarb masalalariga behad talabchanlik bilan yondashar edilar.

K. Qahhorova, “Chorak asr hamnafas”.

 

❗️  Yonma-yon maʼnosidagi yondosh soʻzini yondash shaklida qoʻllab boʻlmaydi. Feʼl boʻlganda esa ishlatish mumkin (yaxshiga yondash).

 

📌  Demak:

Yondosh uy ✅

Yondash uy ❌

 

Yondashmoq

Yondashmoq ❌

 

Yondashuv ✅

Yondoshuv ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube