Ilhom faqat ish vaqtida keladi

0
1528
marta koʻrilgan.

Gabriel Garsia Markes hikmatlaridan

 

  • Atrofimizda shunday ajoyib, fantastik narsalar bor. Yozuvchilar esa ahamiyatsiz, kundalik voqealarni behuda tasvirlab oʻtirishadi.
  • Baxt davolashi mumkin boʻlgan narsani davolaydigan dori yoʻq.
  • Jilmay! Tashvish-mashaqqatlar rohatlanishiga yoʻl qoʻyma.
  • Ilhom faqat ish vaqtida keladi.
  • Kerak boʻlmay qolgan vaqtdagina bilim va aql bizni yoʻqlab keladi.
  • Men boy emasman. Men puli bor kambagʻalman. Ikkalasi boshqa-boshqa tushuncha.
  • Odam bir martagina dunyoga kelmaydi, hayot uni qayta-qayta yangidan tugʻilishga majbur etadi.
  • Odamning urushdagi hislarini tasvirlashga birgina “qoʻrquv” soʻzi yetarli boʻlib turganda, shuncha soʻzni uvol qilishning nima keragi bor?
  • Oilaviy hayotda mayda gʻidi-bidilardan koʻra katta halokatlardan qutulish osonroq.
  • Uzoq kutayotgan yana ozgina kutishi mumkin.
  • Oʻtgan baxtli kunlar haqida alam va afsuslanishlarsiz oʻylay olish – juda gʻalati xususiyat.
  • Hamma narsaning joni bor. Faqat uning qalbini uygʻotish kerak, xolos.
  • Yaxshi ishtaha uchun yomon ovqat yoʻq.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2019 yil 9-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.