Birinchi kitob haqida

3
7897
marta koʻrilgan.

Sheʼrlarimni kitob qilish fikri maktabda oʻqib yurganimdayoq paydo boʻlgan. Turli tanlovlar uchun yoki qiziqqanimdan toʻplamlar tayyorlab yurardim. Tezroq kitob chiqarish oʻy-xayolimni zabt etgan edi. Keyinroq esa bu fikrdan qaytdim. Chinakam sheʼrxon bilan, kitobxon bilan yuzlashish masʼuliyati katta ekanini tushundim. Harholda, shoir oʻquvchisini oʻzidan yuqoriroq boʻlmasa ham, hech yoʻqsa oʻzi bilan teng saviyada deb oʻylashi kerak. Men boshqalardan ustunman degan fikrga qattiq ishonib yuradigan ijodkor pand yeb qolishi aniq.

2011 yili Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi va “Ijod” fondi homiyligida “Uchrashuv” nomli birinchi kitobim bosmadan chiqdi. Bu toʻplamga oʻsha maktab paytlari yozgan sheʼrlarimdan birgina toʻrtlik kirgan, xolos. Koʻpchiligi soʻnggi yillarda qogʻozga tushgan.

Bugun kitobimni sizga taqdim etarkanman, ichki bir hayajonni tuyaman. Soʻzni his qiladigan, tuygʻulari nozik oʻquvchi bilan yuzma-yuz turganimni sezaman…

 

Orif Tolib

2012 yil 2 iyul

 

 

Kitobni saqlab oling:

Kirill yozuvida (pdf)- 644 kb.

Lotin yozuvida (pdf) – 122kb.

Bosma nusxa (djvu) – 711 kb.

 

Yandeks Diskda:

Kirill yozuvida (pdf)- 644 kb.

Lotin yozuvida (pdf) – 122kb.

Bosma nusxa (pdf) – 5.61 mb.

Bosma nusxa (djvu) – 711 kb.

 

3 Mulohaza

  1. Assalomu alaykum hurmatli ijodkor. Kitobingizni yuklab oldim. Ijodingizga yuksak parvozlar tilayman. Istagim adabiyotga, so’zga yuksak mas’uliyat bilan yondashib ijod qiladigan fidoyi ijodkorlar safi kengayib boraversin.

  2. Assalomu aleykum shoir aka.
    Kitobingiz menga yoqdi.
    Menga ustozlik qilolmaysizmi?
    Men ham qog‘oz qoralab turaman.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.