Antiqa xushomad
Aleksandr Dyuma oʻz davrining atoqli vrachlaridan biri Gistal bilan tushlik qiladi. Doʻxtir yozuvchidan “Mulohazalar kitobi”ga biror narsa yozib berishni soʻraydi. Bu kitobga koʻpincha davo topgan bemorlar oʻz dil izhorlarini bitishar edi.
Dyuma ilk jumlasini yozadi:
“Doʻxtir Gistal hamma oilalarni davolaydigan vaqtdan boshlab
shifoxonalarni berkitish kerak”.
Bu gapni oʻqigan vrach taltayib ketadi:
– Paxtaniyam tozasidan qoʻydingiz-ku, taqsir!
Shundan soʻng Dyuma fikrini shunday tugallaydi: “Va ikkita yangi qabriston ham ochish zarur…”
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016-yil 4-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.