Aytganim ham masal
Mashhur rus masalchisi Ivan Krilov juda koʻngilchan boʻlganidan muallifi xafa boʻlmasin deb boʻshroq asarlarni ham maqtab qoʻyavergan. Bir safar isteʼdodsiz bir shoir kitobiga oʻzi kirishsoʻz yozib, asariga Krilov yaxshi baho berganini qistirib oʻtadi.
– Koʻrdingmi, Ivan Andreyevich, sening bagʻrikengligingdan foydalanibdi,
– deydi yozuvchiga bir doʻsti kuyunib. – Endi doim shu gapni aylantirib yuraveradi.
– Parvo qilma, – deb javob beradi Krilov. – Axir, mening yozganim ham, aytganim ham – masal. Buni hamma biladi!
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016-yil 6-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.