Berlindagi Islom sanʼati muzeyi 100 yoshda

Berlindagi Islom sanʼati muzeyi 100 yoshda

Germaniyadagi islom sanʼati muzeyiga yuz yil oldin tamal toshi qoʻyilgan. U poytaxtning Muzeylar oroli nomli mavzesida joylashgan. Bugun ushbu dargoh bir asrlik toʻyini nishonlamoqda. “Berlin omadli shahar. U Islom sanʼati durdonalari jam boʻlgan ulkan muzeyga ega, – deydi muzey direktori Klaus Peter Xaase. – Bu yerda musulmon Andalusiyasidan tortib Hindistondagi Boburiylar hukmronligigacha boʻlgan davrlardagi osori atiqalar, shuningdek, Misr, Falastin, Suriya, Onadoʻli, Markaziy Osiyo va Eronning boy sanʼati va madaniyati namunalari koʻrgazmaga qoʻyilgan. Islom sanʼati muzeyi dunyoning eng mashhur madaniyat maskanlaridan hisoblanadi, bu yerga har yili 330 ming sayyoh keladi. Muzey asoschisi Vilgelm fon Bode tirik boʻlganda, bu muvaffaqiyatdan juda quvonardi. Chunki, mezeyni tashkil qilishda u juda koʻp qarshiliklarga uchragan edi.

Bir asr oldin Berlin muzeyi sobiq bosh direktori Vilgelm fon Bodening miyasiga juda ajoyib bir gʻoya kelib qoladi, u sayyohlarni Ovrupadan boshqa yerdagi xalqalar, ayniqsa, musulmonlar madaniyati bilan tanishtirishni maqsad qiladi. Lekin bu fikr oʻsha paytda munosib qabul qilinmaydi.

“Qaytanga, – deydi Xaase. – matbuot bu holdan tashvishga tushib, islom madaniyatini yoyishga dushmanlarcha munosabatda boʻladi. Shunga qaramay, muzeyga juda koʻp osori atiqalar, hatto hajman yirik topilmalar ham keltiriladi. Jumladan, Oʻrdundagi saroyning old koʻrinishi qismlari, Eron va Turkiyadagi masjidlar mehroblari muzey jamgʻarmasini boyitadi.

Ushbu muzeyda Islom madaniyati durdonalarini zamon va makon nuqtai nazaridan joylashtirish amalga kiritildi, bu tartib hozirga qadar qoʻllanib kelmoqda.

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

2011

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube