Bir kunda qancha soch toʻkiladi?

Bir kunda qancha soch toʻkiladi?
  • Har bir odamning boshida 90000 tadan 150000 tagacha soch tolasi bor.
  • Sochlar oʻrta hisobda kuniga 0,33 mm, yiliga 12 sm, oʻrtacha umr davomida esa 7,6 m oʻsadi.
  • Bir kunda 30 tadan 120 tagacha soch toʻkilishi mumkin.
  • Sochlar 15-30 yoshlar oraligʻida tez oʻsadi. 50 yoshdan keyin oʻsish sekinlashadi.
  • Yozda sochlar qishdagidan koʻra tezroq oʻsadi.
  • Soch tolasining mustahkamligini alyuminiyga qiyoslash mumkin. U 100-200 gramm yukni koʻtara oladi.
  • Sochlar nam tortish, suyuqlikni shimib olish xususiyatiga ega.
  • Sochlarning umri har xil: erkaklarda ikki yil, ayollarda esa 4-5 yil.
  • Eng baquvvat soch qora tanlilarda. Ularning sochi oq tanlilarnikidan 3 barobar yoʻgʻon boʻladi.
  • Boladagi dastlabki soch tolalari ona qornida 4-5 oylik boʻlgandayoq paydo boʻladi.
  • Soch asosan oqsillardan tashkil topgan.
  • Ayollarning sochi erkaklarnikidan kam toʻkiladi. Chunki ularning soch ildizi erkaklarnikidan 2 mm chuqurroqda joylashgan.

 

Orifjon Madvaliyev

 

2009

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.