Bitta soʻzga aylansa, qoʻshib yoziladi

Bitta soʻzga aylansa, qoʻshib yoziladi

Arab tilidagi al- artikli qatnashgan birikmalar imlosi haqida oldinroq toʻxtalgan edim. Ularning ikki xil imlosi qabul qilingan:

 

“Hayratul abror”, “Asosul balogʻa”, “Lisonut tayr”

“Hayrat ul-abror”, “Asos ul-balogʻa”, “Lison ut-tayr”

 

❗️ Lekin arabcha izofalar oʻzbek tilida bitta soʻz sifatida qoʻllansa, ular hech bir chiziqchasiz, qoʻshib yoziladi: dorilfunun, dorilamon, dorulfano, shayxulislom, laylatulqadr, Abdulaziz, Nuriddin.

 

📌 Demak:

Dasturilamal, shayxulislom ✅

Dasturil-amal, dasturil amal, dastur il-amal, shayxul-islom, shayxul islom, shayx ul-islom ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube