Biz bilgan-bilmagan qiziqarli maʼlumotlar
- Odam miyasi bir kunda butun dunyodagi telefon goʻshaklari bir vaqtda koʻtarilgandagidan ham koʻproq elektr impulslar ishlab chiqaradi.
- Bosh-oyoqli molyuskalarga mansub kalmarning uzunligi 18 metrga yetadi, koʻzi esa futbol toʻpiday keladi. Kalmar Yer yuzidagi tirik jonivorlar ichida eng katta koʻzga ega, koʻzining hajmi oʻrtacha 15 dyumni tashkil etadi.
- Har kuni yerga oʻn tonnacha samoviy choʻgʻ kelib tushadi.
- Koka-kola dastlab yashil rangda boʻlgan.
- Sigirni zinadan yuqoriga olib chiqish mumkin, pastga olib tushish esa mushkul.
- Oddiy amerikalik oʻrtacha umri davomida olti oycha vaqtni yashil chiroq yonishini kutib chorrahada oʻtkazadi.
- Kulrang kit har yili Arktikadan Meksikagacha 12500 mil bosib keladi va yana ortiga qaytib ketadi.
- Erkaklar ayollardan koʻra yaxshiroq koʻradi, juda mayda harflarni ham oʻqishi mumkin. Ayollar esa ularga nisbatan yaxshiroq eshitadi.
- Maʼlumotlarda qayd etilgan eng katta doʻl AQSHning Kanzas shtatidagi Koffeyvill qishlogʻiga yoqqan. Bir dona doʻl boʻlagining ogʻirligi deyarli 700 gramm chiqqan.
- Delfinlar bir koʻzi ochiq holatda uxlaydi.
- Itlarning hid bilish qobiliyati odamlarnikidan 1000 barobar kuchliroq.
Orifjon MADVALIYEV tayyorladi.
2010
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.