Burundiq va burunduq

Burundiq va burunduq

Burundiq soʻzi haqida oldinroq yozgan edim. ⁠“Namordnik”ning oʻzbekchasi. Asov, tishlongʻich tuyaning yoki qopagʻon itning tumshugʻiga kiydirib qoʻyiladigan maxsus toʻr.

Burunduq esa kemiruvchilar oilasiga mansub hayvon. Uning olasichqon degan nomi ham. Olmaxonga oʻxshab ketadi. Shimoliy yarimshardagi oʻrmonlarda tarqalgan. Lunjida oziq olib yuradigan xaltasi boʻladi.

Demak, bu ikki soʻz maʼnosi va imlosini bilib olish kerak. Bitta harfda xato qilsangiz, maʼno kilometrlab uzoqlashib ketadi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.