Choyga taklif
Graf Shaxovskiy va Gyote uchrashuvi haqidagi hikoya adabiyot ixlosmandlari orasida ancha mashhur. 1802-yili Myunxendagi mehmonxonalardan birida mashhur shoir grafni choyga taklif qiladi. Shaxovskiy dasturxonda choydan boshqa narsa yoʻqligini koʻrgach, tortinib oʻtirmay, buterbrod va yogʻliroq yegulik buyurtma beradi. Olmon va rus adabiyoti haqidagi gurunglar juda maroqli kechadi. Ertasiga knyaz Shaxovskiy bir holdan hayron qoladi: kechagi yeguliklar uchun uning nomiga hisob qogʻozi keltirishadi. Chunki “ziyofat”dan soʻng Gyote ortiqcha pul toʻlashni rad etadi. Axir, u knyazni faqatgina choyga taklif qilgan edi-da!
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016-yil 8-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.