“Davolay olmayman…”
Mashhur olmon vrachi va mikrobiologi, fiziologiya va tibbiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindori Robert Kox (1843–1910) ning huzuriga bashang kiyingan dimogʻdor bir ayol kirib keladi.
– Nima shikoyatingiz bor, azizam? – deb soʻraydi vrach.
– Janob professor, – deya nafratlangan qiyofada gap boshlaydi haligi ayol. – Bu nima adabsizlik? Kim bilan gaplashayotganingizni bilasizmi? Menga hamisha “muhtarama xonim” deb murojaat etishadi. Boshqacha chaqirishlariga oʻrganmaganman.
– Ming afsus, men bu kasallikni davolay olmayman, – deb quruqqina javob beradi Kox va eshikka yuzlanadi: – Navbatdagi kim?
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 3-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.