“E” harfli soʻzlar imlosi

“E” harfli soʻzlar imlosi

Kiril yozuvi e tovushini ifoda etishda nuqsonli. Chunki soʻz boshida e harfi bilan berilgan bu tovush qolgan holatlarda asosan e harfi bilan ifodalanadi. Masalan, erkin, elak; berk, chelak, tole, kafe, feʼl, sheʼr.

Chet tillardan kirgan kamsonli soʻzlarda bu tovush soʻz ichida va oxirida e bilan yozilishi mumkin: duet, kanoe, kinoekran, poema, karate, aloe, polietilen, maestro, taekvondo.

Ammo oʻzbekcha yoki chet soʻzligi bilinmay ketgan arabcha
va forscha soʻzlar tarkibida ham baʼzan e harfi kelishi mumkin. Bular ikkinchi qismi e bilan boshlanuvchi qoʻshma soʻzlar yoki be- oldqoʻshimchasini olgan  soʻzlardir. Ularning jami soni oʻntacha, xolos. Masalan, echkiemar, kartoshkaekkich, beeʼtibor, beega, beeʼtiroz.

❗️ Bunday soʻzlarning eʼtiborli jihati e harfidan oldin unli harf kelishidir. Echkiemar soʻzining i unlisi tushirilgan echkemar varianti ham bor. Bunda e harfi e ga aylanyapti. Chunki undan oldingi k harfi undosh tovushni ifoda etadi.

Lotin yozuvida ana shu kamchilik yoʻq. E tovushi barcha oʻrinlarda e harfi bilan ifodalanadi.

 

📌 Demak,

Echkiemar, echkemar, beeʼtibor, beega ✅

Echkiyemar, echkemar, beyeʼtibor, beyega ❌

 

Kanoechi, aloe, maestro, poeziya ✅

Kanoyechi, aloye, mayestro, poyeziya ❌

 

Lotin yozuvida:

Echkiemar, echkemar, beeʼtibor, beega ✅

Echkiyemar, beyeʼtibor, beyega ❌

 

Kanoechi, aloe, maestro, poeziya ✅

Kanoyechi, aloye, mayestro, poyeziya ❌

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.