Kushxonami yoki qushxona?
Kushxona – chorva mollarini soʻyish, goʻsht-yogʻ tayyorlash bilan shugʻullanuvchi korxona.
Qushxona – uy qushlari boqiladigan xona, joy.
❗️ Lekin soʻzlashuv tilida kushxona soʻzining qushxona varianti ham ishlatiladi.
Shu sababli:
U kushxonada qassoblik qiladi. ✅
U qushxonada qassoblik qiladi. ✅
Orif Tolib
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.